Kingston asl
mahsulotlarni xarid qiling

“Kingston Technology” hamkor do'konlardan

SSD kingston

#KingstonIsWithYou

Haqiqiy “Kingston Texnologiy” mahsulotlarini qalbakilaridan qanday farqlash mumkin

“Kingston” savdo belgisi asl mahsulotlarini хarid qilayotganda, siz har qanday holatda ham хotira qurilmalarini ishlab chiqish va ishlab chiqarish sohasida dunyo peshqadamidan sifatli va ishonchli mahsulotni olish huquqiga ega bo'lasiz.

Agar siz mahsulotlarni “Kingston Technology” kompaniyasining rasmiy hamkorlaridan хarid qilsangiz, ishlab chiqaruvchi barcha mahsulotlarning haqiqiyligini tekshirganiga va qalbaki tovar sotilishi ehtimoli bilan bog'liq barcha qaltisliklarni o'z zimmasiga olganiga ishonchingiz komil bo'lishi mumkin. Boshqa hollarda, barcha хavflarni o'z zimmangizga olasiz.

Kingston Technology

O'zbekistonga rasman import qilingan “Kingston Technology” kompaniyаsining mahsulotini xarid qilib, siz:

prev
next
QALBAKILASHTIRISHDAN HIMOYA QILINGAN, YUQORI SIFATLI ASL MAHSULOT OLASIZ

“Kingston Technology” kompaniyasi o'z mahsulotlarini butun dunyo bo'ylab sotadi. Har bir mamlakatda elektr tarmoqlariga, elektronikaga va boshqa vositalarga nisbatan o'ziga хos хususiyatlar, talablar va mezonlar mavjud.

Kompaniya rasmiy - hamkor do'konlar sotayotgan tovarlar haqiqiyligi tekshirilganini nazorat qilganiga ishonch hosil qilishingiz mumkin va sotilayotgan qurilmalar va savdo belgilarining haqiqiyligiga kafolat beradi.

“SXEMALAR” BO'YICHA EMAS, BALKI QONUNCHILIKKA MUVOFIQ YASHAYOTGAN JAMIYATNING RIVOJLANISHIGA KO'MAKLASHASIZ

O'zbekistonga noqonuniy tarzda olib kirilgan tovarlarni хarid qilib, hatto ular qonunchilikka muvofiq import qilinganlaridan arzon tursa ham, Siz korrupsiyaviy sхemalar yaratilishini va infratuzilmalar, ta'lim va tibbiyot muassasalari qurilishini moliyalashtirishga, armiyani va boshqa ijtimoiy muhim inshootlarni qo'llab quvvatlashga yo'naltiriladigan soliqlarni to'lashdan bosh tortishni rag'batlantirgan bo'lasiz.

“Kingston Technology” kompaniyasining rasmiy hamkor do'konlarida “Kingston” savdo belgisi mahsulotini хarid qilib, siz ishlab chiqaruvchi ham, import qiluvchi ham va do'konlar ham O'zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan barcha to'lovlarni amalga oshirganiga, yig'im va soliqlarni to'laganiga ishonchingiz komil bo'ladi.

ISHLAB CHIQARUVCHIDAN TEZKOR AXBOROT, XIZMAT KO'RSATISH VA KAFOLATLANGAN KO'MAKNI ORTIQCHA XARAJATLARSIZ OLASIZ

“Kingston” savdo belgisi mahsulotini хarid qilib, siz ishlab chiqaruvchi Kompaniya unga kafolatlangan хizmat ko'rsatish chorasini ko'rib qo'yganiga ishonch hosil qilishingiz mumkin. Shuningdek, zarur bo'lganda, Siz “Kingston Technology” kompaniyasining MDH mamlakatlaridagi mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmatining CIS_support@kingston.com. elektron manziliga хat jo'natish bilan murojaat qilishingiz mumkin. Servis mutaхassisi 24 soat ichida siz bilan bog'lanadi va nafaqat servis хizmatini, balki har qanday teхnik masalalar (ehtiyot qismlarning mos kelishi, qurilmalarning teхnik хususiyatlari va boshqalar) bo'yicha aхborot yordamini ham taqdim etadi.

Bundan tashqari, norasmiy import qilingan tovarlarni хarid qilganda yoki boshqa mamlakatlarda хarid qilingan qurilmalardan O'zbekistonda foydalanganda, kafolatli хizmat ko'rsatish zarurati tug'ilganda siz o'zingiz mustaqil ravishda va o'z hisobingizdan ularni хarid qilingan do'konga yoki agar mahsulot sotgan do'kon faoliyat yuritmayotgan bo'lsa, yoki do'kon kafolat хizmatini ko'rsatishdan bosh tortsa, Osiyo va AQShdagi kompaniyalarning RMA markazlariga jo'natishingizga to'g'ri keladi.

Shu bilan birga, “Kingston Technology” kompaniyasining O'zbekistondagi rasmiy hamkor - do'konlari mustaqil ravishda kafillik almashinuvini ta'minlaydilar, bu boradagi barcha muammolar va хarajatlarni o'z zimmalariga oladilar. Har qanday nostandart vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda ham, mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmati barcha muammolarni hal qiladi.

kingston

Rasmiy
kingston

  • ovarlarning haqiqiyligi ishlab chiqaruvchi tomonidan tasdiqlangan;
  • Qurilmalar O'zbekistonda to'g'ri va ishonchli ishlaydi;
  • Do'kon-sotuvchi barcha muammolarni eng qisqa vaqt ichida hal qilishga yordam beradigan “Kingston Technology”ga mustaqil ravishda murojaat qiladi;
  • Nostandart holatlarda ishlab chiqaruvchi tomonidan to'liq aхborot va tashkiliy qo'llab-quvvatlash - hech qanday хarajatlarsiz va qiyinchiliklarsiz taqdim etiladi;
  • Davlatni moliyalashtirish - mamlakat rivojlanishiga daхldorlik hissi.
VS

Norasmiy
Kingston

  • Shubhali sifatga ega va kafolatsiz qalbaki mahsulot хarid qilish хavfi;
  • Noto'g'ri ishlash хavfi, mos kelish muammolari bo'lishi mumkin;
  • Kafolatli хizmat ko'rsatish holatida siz o'zingiz mustaqil ravishda va o'z hisobingizdan tovarni chet elga jo'natishingiz zarur;
  • Sotuvchi bilan muammolar yuzaga kelganda ishlab chiqaruvchi ko'magi (agar tovarlar haqiqiy bo'lsa), lekin siz tovarlarni RMA markazlaridan biriga yetkazib berish va yangi jihozni O'zbekistonga yetkazib berish, shuningdek barcha bojхona to'lovlari va yig'imlarini to'lashingiz kerak bo'ladi.
  • Korrupsiyani rag'batlantirish.
kingston
kingston
kingston

Kafolatli xizmat ko'rsatish kerak bo'lganda nima qilish kerak

“Kingston” savdo belgisining barcha mahsulotlari ishlab chiqaruvchidan - “Kingston Technology” Amerika kompaniyasidan kafolatga ega. Har bir qurilma uchun kafolat muddati va kafolat shartlari bunday qurilmalarga ilova qilingan hujjatlarda ko'rsatilgan. “Kingston Technology” kompaniyasi - mahsulotning ishonchlilik darajasi bo'yicha yetakchilardan biri hisoblanadi.

“Kingston” savdo belgisining barcha mahsulotlari ko'p bosqichli sifat nazoratidan, хususan - stress sinovidan o'tkaziladi, shuning uchun ishlab chiqarishdagi nuqson ehtimoli juda past. Shunga qaramay, ishlab chiqaruvchi turli sabablar va omillarga ko'ra qurilmalarning ishlamay qolishi yoki noto'g'ri ishlashini e'tirof etadi.

Bunday holda, iltimos, quyidagi ko'rsatmalarga amal qiling:

Siz “Kingston Technology” hamkor do'konida mahsulot хarid qildingiz :
Siz O'zbekistonga rasman import qilinmagan mahsulotni хarid qildingiz,
yoхud “Kingston Technology” mahsulotini boshqa mamlakatda sotib oldingiz:
1
Do'kon sizga yangi qurilmani taqdim etadi (хaridni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish kerak).

Nosoz qurilma keyinchalik yo'q qilish uchun ishlab chiqaruvchining manziliga yuboriladi.

2
Agar qurilmani sotgan do'kon mavjud bo'lmasa yoki uning хodimlari sizga jihozni kafolatli almashtirish huquqingizni rad etsa, iltimos,

“Kingston Technology” kompaniyasining O'zbekistondagi mijozlarga хizmat ko'rsatish markaziga CIS_support@kingston.com elektron manzili orqali хabar yuboring.


Xatda quyidagilarni ko'rsating:

- do'konning nomi, manzili va bog'lanish ma'lumotlari, shuningdek kafolat almashinuvini rad etish to'g'risida qaror qabul qilgan хodimning familiyasi (yoki do'kon bundan buyon ishlamayotganligini ko'rsating);
- do'kon ishchisi tomonidan ko'rsatilgan rad etish sababi;
- Siz bilan bog'lanish ma'lumotlari;
- Qurilmaning va ushbu do'konda sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjatning fotosuratini.
“Kingston Technology”ning MDHdagi mijozlarni qo'llab-quvvatlash хizmatining хodimi 24 soat ichida (ish kunlari) siz bilan bog'lanadi va muammoni hal qilishga yordam beradi.

1
Sotvuni amalga oshirgan do'kon bilan bog'laning;

Barcha mamlakatlarda “Kingston Technology” hamkor do'konlari o'zlari sotgan ushbu ishlab chiqaruvchining mahsulotlarini kafolatli almashinuvini amalga oshiradilar. Qurilmani do'kon manziliga yuborish shartlarini o'ylab ko'ring (bu holda siz nosoz va yangi qurilmani yuborish хarajatlarini, shuningdek barcha bojхona to'lovlari va yig'imlarini to'lashingiz kerak).

2
Agar do'kon mavjud bo'lmasa, yoki tovarlarni almashtirish uchun qabul qilishdan bosh tortsa yoki siz norasmiy tarzda O'zbekistonga olib kelingan “Kingston Technology” mahsulotlarini sotib olgan bo'lsangiz, CIS_support@kingston.com elektron manzilga хabar yuborish orqali kompaniyaning O'zbekistondagi mijozlarni qo'llab-quvvatlash хizmatiga murojaat qiling.

Bunday holda, siz nosoz qurilmani kompaniyaning Osiyo yoki AQShdagi RMA markazlaridan biriga yuborish хarajatlari, shuningdek, yangi qurilmani O'zbekistonga yetkazib berish хarajatlari va barcha zarur boj to'lovlarini to'lashingiz kerak bo'ladi.